TUIT hosted an international conference

Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari univeritetida “Axborot texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari” mavzusi doirasida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT 2016” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumani o’tkazildi.
O’tkazilgan xalqaro ilmiy-texnikaviy konferentsiyada ishtirok etish uchun Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Pokiston davlatlaridan 10 ta professor tashrif buyurdi. Mahalliy professor-o’qituvchilar, bakalavr va magistratura talabalari, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqqil izlanuvchi, tizimdagi korxona va tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.