TATU o‘qituvchilari Xitoyda AKTga oid seminarda ishtirok etmoqda

TATUning ikki nafar professor-o’qituvchilari: B.Ibrohimov hamda Sh.Muhammadjonovlar Xitoy xalq respublikasi (XXR) ning Shenjen shahrida bo’lib o’tayotgan “Osiyo va Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish - 2018” (2018 - Seminar on ICT Application in Higher Education for Asian and European Countries) mavzuidagi seminarda ishtirok etmoqda.
Seminar davomida ochiq onlayn kurslar (MOOC) platformasini yaratish, o‘quv kurslarini shakllantirish, ulardan foydalanishni mukammal o‘rganish bilan birga Shenjen shahridagi Huawei, USI technology, Pekindagi Xuetang X kompaniyalariga, Vuxan shahridagi Huajong ilm-fan va texnologiyalar universiteti (Huazhong university of Science and Technology) ga tashriflar rejalashtirilgan.
Seminar joriy yilning 19 iyundan 9 iyul kuniga qadar davom etadi, unda 20 davlatdan 70 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etmoqda.